KXDR rahbari Kim Chen In mamlakat bo‘ylab velosipedchilar uchun maxsus yo‘llar tarmog‘ini yaratishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
“Oxirgi paytlarda mamlakatda milliy yetakchi topshirig‘iga binoan yo‘l qurilishi bo‘yicha ko‘plab loyihalar boshlandi”, — ma’lum qildi agentlik manbalaridan biri.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu loyihalar realizatsiyasi uchun hukumat mahalliy aholini, xususan, faol o‘quvchilarni safarbar etmoqda.
Pxenyanda ilk veloyo‘llar 2015-yilda paydo bo‘lgan edi. KXDRda velosiped keng tarqalgan harakatlanish vositasi bo‘lib, u shaxsiy avtomobil va jamoat transportining o‘rnini bosadi. Mahalliy aholi ham mamlakatning o‘zida, ham chet elda ishlab chiqarilgan velosipedlardan foydalanadi. Velosipedlarni, shuningdek, turistlar hamda respublikada doimiy yashaydigan chet el fuqarolari ma’qul ko‘radi. 2014-yilda KXDR birinchi marta xitoylik veloturistlar uchun chegarani ochdi.
Izoh (0)