AQSh adliya vazirligi mamlakat hududidagi xususiy qamoqxonalar bilan munosabatlarni to‘xtatish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda AQSh bosh prokurori o‘rinbosari Salli Yets bayonotiga tayanib, AP ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Bayonotga ko‘ra, vazirlik xususiy qamoqxonalar bilan shartnomalarni qayta tuzmasligiga sabablardan biri oxirgi uch yil mobaynida mahbuslar sonining kamayganligidir. Shuningdek, yaqinda o‘tkazilgan tekshiruvlar ushbu muassasalar xavfsizlik masalasida federal qamoqxonalarga nisbatan ko‘proq muammolarga duch kelayotganini ko‘rsatdi.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil dekabri holatiga xususiy qamoqxonalarda 22 mingdan ortiq mahbus saqlangan (jami mahbuslarning 12 foizi). AQSh ma’muriyati ular bilan 1990-yillar boshlarida, federal qamoqxonalar mahbuslar bilan to‘lib-toshganligi sababli hamkorlik qila boshlagandi.
Izoh (0)