Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukumat mamlakatdagi davlat to‘ntarishiga urinishga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘ondan ham ko‘ra shafqatsizroq javob qilishini aytdi, deb yozadi “RBK”.
“Turkiyada nima bo‘lganini ko‘rdingizmi? Agar o‘nglar chegaradan o‘tadigan bo‘lsa, bolivar inqilobi ko‘radigan chora oldida Erdo‘g‘on onasi ko‘kragidan uzib olingan go‘dakdek ko‘rinib qoladi”, — dedi prezident.
Shu bilan birga, Maduro tinchlik va taraqqiyotga erishishni istashini aytdi.
25-iyun kuni Venesuela muxolifati Maduroning iste’foga chiqishi haqidagi referendumni o‘tkazish uchun yetarlicha miqdorda imzo yig‘ganini ma’lum qildi.
Ayni paytda Venesuelada og‘iq iqtisodiy inqiroz tufayli tez-tez norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)