Yaponiya hukumati kosmik chiqindilarni hamda Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshlarni kuzatuvchi tizimni yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Yomiuri nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, g‘oya sun’iy yo‘ldoshlarni va yuk tashuvchi kosmik kemalarni uchirish xavfsizligini oshirish bilan bir qatorda AQSh bilan axborot hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan.
Rejaga muvofiq, tizimni ishlab chiqish uchun radarlar va optik teleskoplar tarmog‘i yaratiladi. U 2017-yildan ishga tushirilishi kutilmoqda. 2022-yilga qadar ishlaydigan tizimni loyihalashtirishga 200 million iyena (1,984 million dollar) ajratiladi.
Yaponiyalik mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, orbitada sun’iy yo‘ldoshlar sonining oshishi hisobiga yaqin o‘n yilda u yerdagi kosmik chiqindi hajmlari ikki barobarga ko‘payishi mumkin.
Izoh (0)