Peterburgning Almazova markazida dunyoga kelgan to‘rt egiz — Misha, Vanya, Sasha va Matveyga uyga javob berildi va ular Lipetskka yo‘l oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Biz uyga poyezdda, alohida kupeda boramiz, uyda barcha narsalar — har bir bolakay uchun alohida karavotcha tayyorlab qo‘yilgan”, — deydi egizlarning otasi Yuriy.
U mexanizatsiyalashgan tarmoqda operator bo‘lib ishlaydi. Uning turmush o‘rtog‘i Liliya homiladorlikning asoratlari tufayli peterburglik shifokorlarning nazorati ostida bo‘lgan vaqtda hamda tug‘uruqdan keyingi bir oy davomida Yuriy ota-onasining uyini ta’mirdan chiqardi. Ular bolalarni shu yerga olib keldi. Yosh oilaning hozircha o‘z uyi yo‘q.
Bolalar o‘zini yaxshi his qilmoqda va faol vazn to‘plamoqda.
Izoh (0)