Indoneziya maxsus xizmatlari IShID guruhining mahalliy “filiali” hisoblangan “Sharqiy Indoneziya mujohidlari” yirik terrorchilik guruhi saflarida xizmat qilgan xitoylik so‘nggi yollanma askarni yo‘q qildi, deb yozadi “TASS”.
“Ibrohim ismi ostida taniqli bo‘lgan ekstremist avvalroq Poso shahri (Markaziy Sulavesi provinsiyasi) atroflarida yo‘q qilindi”, — dedi ushbu hududda o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli aksilterrorchilik operatsiyalari shtabi vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ibrohim ushbu guruh tomonidan turib jang qilgan xitoyliklar, uyg‘urlar guruhidagi so‘nggi kishi bo‘lgan. Qolgan o‘n kishi operatsiya davomida yo‘q qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)