Buyuk Britaniyada dunyodagi eng katta havo kemasi deya nomlanayotgan Airlander 10’ning birinchi parvozi amalga oshdi, deb yozadi “RBK”. U ko‘rgazmali parvoz bo‘lib, yarim soatga yaqin davom etdi.
92 metrli uchar qurilma yaratuvchilari esa u tanaffussiz ikki haftagacha ucha olishini ta’kidlamoqda.
Airlander 10 — dirijabl, vertolyot va samolyot chatishmasi. U 4900 metr balandlikka ko‘tarilib, soatiga 148 kilometr tezlikda ucha olishi hamda ko‘p yoqilg‘i sarflamagan holda katta yuklarni tashiy olishi aytilmoqda.
Airlander 10 loyihasi dastlab Amerika armiyasi uchun ishlab chiqildi, biroq 2012-yildan buyon Hybrid Air Vehicles kompaniyasi unga qiziqib qolmagunicha, muzlatib qo‘yildi.
Airlander’ning ichi geliy bilan to‘ldirilgan bo‘lib, “po‘stlog‘i” o‘ta mustahkam materiallardan yasalgan.
Izoh (0)