Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida noqonuniy qurolli tuzilmaning ishtirokchisi ekanligi taxmin qilinayotgan to‘rt jangari yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ular Shimoliy Kavkazdagi qurolli guruhlarda ishtirok etgani bois qidiruvda edi.
Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markinning ma’lum qilishicha, qidiruvdagi jangarilar shahar tumanlaridan biridagi xonadonda yashirinib yurgani aniqlangach, ularni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya boshlangan. Qo‘lga olish chog‘ida ular qarshilik ko‘rsatib, huquq-tartibot xodimlarining joniga qasd qilgan, shu bois jangarilar javob olovi bilan yo‘q qilingan.
Izoh (0)