Xalqaro og‘ir ateltika feleratsiyasi (IWF) Rossiya, Qozog‘iston va Belarus og‘ir atletika federatsiyalarini Rio–2016 Olimpiadasidan so‘ng chetlatishini tasdiqladi. Bu haqda IWF prezidenti Tomash Ayan ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Avvalroq IWF Pekin–2008 va London–2012 Olimpiada o‘yinlaridagi rossiyalik sportchilarning uch va undan ortiq nafarida doping namunalari qayta tekshirishdan so‘ng taqiqlangan preparatlarga ijobiy chiqsa, Rossiya terma jamoasini 1 yilga chetlatilishi xabar qilingandi.
“Olimpiadadan so‘ng Rossiya, Qozog‘iston va Belarusni diskvalifikatsiya qilamiz. Men bunga kafolat beraman”, – dedi Ayan.
Oldinroq rossiyalik og‘ir atletikachilar Marina Shainova va Nadejda Yevstyuxinaning Pekin–2008 Olimpiadasida olingan “B” doping namunalari ijobiy chiqqandi. Shuningdek, rossiyalik og‘ir atletikachilar Natalya Zabolotnaya, Svetlana Sarukayeva, Aleksandr Ivanov va Andrey Demanovning London–2012 Olimpiadasidagi doping namunalari ham ijobiy chiqqan.
Rossiya og‘ir atletika terma jamoasi Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmayapti. 29-iyul kuni Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ko‘plab antidoping qoidalarning buzilishi tufayli rossiyalik og‘ir atletikachilarni musobaqadan chetlashtirgandi.
Izoh (0)