Rossiya Federatsiyasi Havo-kosmik kuchlari bombardimonchi samolyotlari alohida shartlar bajarilgan taqdirda Iroq havo hududini kesib o‘tishi mumkin. Bu haqda 16-avgust, seshanba kuni mamlakat bosh vaziri Haydar al-Obodiy ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Biz havo hududimizni ma’lum bir shartlar asosida ruslar uchun ochdik”, — deydi vazirlar mahkamasi rahbari.
“Hozircha Rossiya tomonidan hududimiz ustidan turli raketalarning uchib o‘tishi uchun rasman so‘rovni qabul qilmadik”, — deya ta’kidladi u.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakatning Tu-22M3 va Su-34 samolyotlari 16-avgust, seshanba kuni Eronning “Hamadon” aerodromidan uchib chiqib, Suriyada jangarilarga zarba berganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)