Suriyada yarashuvga qo‘shilgan aholi punktlari soni 395 taga yetdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib.
Vazirlik xabarida aytilishicha, yarashuv haqidagi bitimlar Latakiya (4 ta aholi punkti), Damashq (1) va Xoms (1) provinsiyalaridagi oltita aholi punkti vakillari bilan tuzildi.
Xoms, Rif-Damashq va As-Suvayda provinsiyalarida qurolli muxolifat otryadlarining dala komandirlari bilan muzokaralar davom ettirildi.
Jangovar harakatlarni bas qilishga rozi bo‘lgan va shartlarni qabul qilgan qurolli guruhlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 69 ta.
Izoh (0)