IShID terrorchi guruhi Suriyaning Turkiya chegarasidagi hududida avtobusning portlatilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
14-avgust kuni Suriyaning Atme qishlog‘i yaqinida avtobus portlatilishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi. Hujumni xudkush terrorchi amalga oshirdi. Ma’lumotlarga qaraganda, avtobus Suriyadan Turkiyaga Suriya ozod armiyasi jangchilarini olib ketayotgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)