O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab ART WAY yoshlar teatr studiyasining iste’dodli aktyorlari hamda xalqaro va respublika tanlovlari g‘oliblari tomonidan 10, 13, 14, 20—21-avgust kunlari Toshkentdagi Parus oilaviy ko‘ngilochar markazida “Baxtli bolalik parvozi” nomli teatrlashtirilgan shou konsert dasturi namoyish etiladi. Bu haqda ART WAY yoshlar teatr studiyasi vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
ART WAY yoshlar teatr studiyasi, “Parus” oilaviy ko‘ngilochar markazi loyiha tashkilotchilari hisoblanadi.
Tashkil etilgan loyiha boshqa konsert dasturlaridan noan’anaviyligi bilan farq qilib, dasturda ART WAY yoshlar teatr studiyasining yosh iste’dodli aktyorlari hamda respublika va xalqaro laureatlar sevimli spektakllardan musiqiy parchalar va qo‘shiqlar ijro etib savdo markaziga tashrif buyurgan poytaxt aholisi va mehmonlarini bayram bilan qutlaydi.
Shu bilan birga Parus oilaviy ko‘ngilochar markazi tomonidan mehmonlar o‘rtasida tanlov tashkil etilib, birinchi o‘rin sohibiga turli sovg‘alar taqdim etiladi.
Loyihani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib nishonlash, Toshkent aholisi va mehmonlariga yuqori bayramona kayfiyat ulashishdir.
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi qoshidagi ART WAY yoshlar teatr studiyasi o‘zbek milliy san’atini keng targ‘ib etish, uni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shish, yangi iste’dod egalarini kashf etish maqsadida o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Teatr studiyasi jamoasi tomonidan hozirgi kunga qadar yettita katta spektakl, ikkita katta konsert dasturi, uchta qisqa metrajli film taqdim etilgan. Teatr studiyasida hozirgi kunda 30 dan ortiq iste’dodli yosh aktyor faoliyat olib bormoqda.
Izoh (0)