Turkiyada muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy to‘ntarishdan so‘ng 40 dan ortiq jurnalist qo‘lga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hurriyet nashri ushbu sonni keltirishda Istanbulning “Mustaqil jurnalistika platformasi” ma’lumotlariga tayangani ma’lum.
Qo‘lga olingan jurnalistlar Fathulloh Gulen bilan aloqalarda ayblanmoqda.
Isyondan so‘ng prokuratura 100 dan ortiq jurnalistlarni qo‘lga olishga ruxsatnoma berdi.
Bundan tashqari, TRT davlat televideniyesining 42 xodimi qo‘lga olindi.
Izoh (0)