Kashmirda Hindiston va Pokiston harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. To‘qnashuvda og‘ir qurollar ham qo‘llandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, Pokiston qo‘shinlari Hindiston marralariga qarata o‘t ochgan. To‘qnashuvda bir nafar ayol yaralangani ma’lum.
To‘qnashuvlar Punch okrugida ro‘y bergan.
Polkovnik Manish Mextaning so‘zlariga qaraganda, Pokiston qo‘shinlari sababsiz o‘t ochgan.
O‘z navbatida, Pokistonning Geo TV telekanali Hindiston armiyasini o‘t ochishda ayblamoqda. Voqea 14-avgust kuni sodir bo‘lgani aytilmoqda — aynan shu kuni Pokiston mustaqillik kunini nishonlaydi.
Pokiston harbiylariga ko‘ra, Hindiston tomoni og‘ir qurollarni, shu jumladan, minomyot va artilleriyani qo‘llagan. Ayrim snaryadlar tinch fuqarolarning uylari yaqiniga tushgan.
Izoh (0)