Argentinada namoyishchilar mamlakat prezidenti Maurisio Makri Mar-del-Plata shahrida chiqish qilgandan so‘ng uning avtomobiliga tosh yog‘dirdi. Bu haqda La Nacion gazetasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, tartibsizliklar boshlanib ketgani uchun davlat rahbari o‘z chiqishini rejalashtirilgandan avvalroq tugatishga majbur bo‘lgan. Makri kambag‘al tumanlarni obodonlashtirish to‘g‘risidagi dastur haqida e’lon qilgandan so‘ng Buenos-Ayres provinsiyasi gubernatori Mariya Vidal bilan hudud bo‘ylab tashrifini davom ettirish uchun chiqish qilgan joyini tark etdi. Shu paytda namoyishchilar uning kortejini o‘rab olib, tosh yog‘dira boshladi.
Politsiya namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun rezina o‘qlarni qo‘lladi.
Namoyish huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar tomonidan prezidentning Argentinadagi diktatura davri haqida bildirgan fikrlariga qarshilik belgisi sifatida tashkil etildi.
Izoh (0)