AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp amaldagi prezident Barak Obamani IShID asoschisi ekanligi haqidagi so‘zlari kinoyali tarzda aytilganini ta’kidladi. Bu haqda milliarder Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“CNN mutlaqo jiddiy tarzda men Obamani va (Hillari) Klintonni IShID ‘asoschilari’ deb ataganimni xabar qilmoqda. Ular kinoyani tushunmaydimi?”, — deb yozdi u.
Tramp telekanal reytingi past bo‘lgani uchun ushbu xabardan foydalanganini taxmin qildi.
ShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.