Kuvayt Rio-de-Janeyro Olimpiyadasida stend otishida chempionlikni qo‘lga kiritgan Fahaid al-Dihoniyni ikki kundan buyon qutlamoqda. Mamlakat hukumati unga har oy 5 ming dinor yoki 16,5 ming dollar miqdorida mukofot puli to‘lab borishni va’da qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Olimpiadada g‘alaba qozongan har qanday sportchi to‘rt yil davomida oyiga 5 ming dinor olib turadi”, — ma’lum qildi sport ishlari boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Xumud Fleytax “al-Majlis” telekanali efirida.
Rasman Fahaid medalni Kuvayt foydasiga yutib olmadi. Ushbu mamlakat terma jamoasi Olimpiadadan chetlashtirilgani bois u mustaqil nomzod sifatida musobaqalarda ishtirok etmoqda. U birinchi oltin medalni qo‘lga kiritgan mustaqil atlet bo‘ldi.
Izoh (0)