Xiaomi kompaniyasi Hindistonda yangi Redmi 3S Prime smartfonini taqdim etdi. Yuqori texnik tavsif va arzon baho uyg‘unligi uskunaga ulkan shuhrat keltirdi — birinchi partiya sanoqli daqiqalarda sotilib ketdi. Bu haqda, BGR’ga asoslanib, “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
Redmi 3S’ning 2 Gb operativ va 16 Gb doimiy xotiraga ega asosiy versiyasi narxi 6999 rupiyani tashkil etdi. Premium variant bo‘lgan Redmi 3S Prime esa 3 Gb operativ va 32 Gb doimiy xotiraga, shuningdek, barmoq izlari skaneriga ega bo‘lib, u 8999 rupiya turadi.
Ikki smartfon ham Qualcomm Snapdragon 430 chipseti asosiga qurilgan bo‘lib, 5 dyuymli ekranlarga, 4100 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga, 5 va 13 Mp kameralarga ega.
Redmi 3S Prime’ning birinchi partiyasi 90 ming smartfonni o‘z ichiga olar edi. Partiya sakkiz daqiqa ichida butunlay sotilib bo‘ldi. Shu tariqa, kompaniya sekundiga o‘rtacha 187,5 smartfon sotishga muvaffaq bo‘ldi.
Kompaniyadagilar bunaqa muvaffaqiyatni kutmaganini tan oldi. Smartfonlarning ikkinchi partiyasi 17-avgust kuni yetkaziladi.
Izoh (0)