Rossiya Yamandagi qurolli mojaro ishtirokchilarini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlashga va muzokaralar o‘tkazishga chaqirmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Moskva Yamandagi qurolli mojaro ishtirokchilarini avval e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlashga hamda BMT bayrog‘i ostida muzokaralar stoliga qaytishga qat’iyan chaqirmoqda”, – deyiladi Rossiya TIV xabarida.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xalqaro gumanitar huquq nizomining qurolli mojarolar vaqtida tinch aholining himoyasini ta’minlashga aloqador bandi so‘zsiz bajarish kerakligini alohida ta’kidladi.
Yamandagi qarama-qarshilik 2014-yilning avgust oyidan buyon davom etib, 2015-yilning mart oyida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning mamlakatga kirishi oqibatida avjiga chiqdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli hujumlar oqibatida 6,4 ming kishi halok bo‘ldi, yana 30 ming nafardan ortig‘i turli jarohatlar olgan.
Izoh (0)