3-avgust kuni Hindistondan uchib kelayotgan Emirates kompaniyasiga tegishli Boeing 777 samolyoti Dubay aeroportida muvaffaqiyatsiz qo‘nishni amalga oshirib, yonib ketgandi. UAE Inside tahririyati aviahalokatda omon qolib, olti kundan so‘ng 1 million dollar yutib olgan hindistonlik Muhammad Bashkir Abdul Kxabar haqida hikoya qilib berdi.
Uning baxtli raqamlari EK521 va 0845. EK521 – Hindistondan Dubayga uchgan reys raqami. 0845 – hindistonlikka 1 million dollar keltirgan lotereya chiptasi.
Muhammad Bashkir Abdul Kxabar lotereya chiptasini vataniga tashrifi davomida Hindistondagi shaharlardan biridan sotib olgan. Dubayda avtomobil sotish bilan shug‘ullanuvchi 62 yoshli erkakning an’anasi bor ekan – u vataniga sayohat davomida lotereya chiptasini sotib oladi.Kxabar orziqib kutgan 1 million dollarlik jek-potni yutish uchun atigi 17 ta safar kerak bo‘ldi. Intervyularidan birida hindistonlik erkak yonayotgan “Boing”dan omon qolgani haqiqiy mo‘jiza ekanini aytdi. U 37 yildan buyon Dubayda yashab, ishlab keladi. Amirliklar uning uyi bo‘lib qolgan. Muhammad Bashkir Abdul Kxabar fikricha, aviahalokatda omon qolgani va lotereyadagi g‘alaba uning nafaqaga chiqib, hayotdan rohat olish uchun belgi bo‘ldi.
Izoh (0)