2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari poytaxti Rio-de-Janeyro shahrida 8-avgust, dushanba kuni Chernogoriya milliy olimpiya qo‘mitasi va diplomatik korpus rasmiylari tunab ketildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Ichida jinoyatchilar bo‘lgan avtomobil aeroportdan kelayotgan olimpiya qo‘mitasi va diplomatik korpus vakillarining mashinasi bilan YTHni keltirib chiqardi. O‘qotar qurol bilan tahdid qilgan jinoyatchilar uch kishining shaxsiy buyumlari va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan avtomobilni olib qochdi”, – deya ma’lum qildi Chernogoriya olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Sport mansabdorlari va diplomatlarning sog‘lom reaksiyasi evaziga hujum oqibatida hech kim jabrlanmadi.
Qayd etish kerakki, Olimpiada munosabati bilan Rio-de-Janeyroda jinoyat bilan bog‘liq holatlar ortib bormoqda.
Izoh (0)