Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan Korzinka.uz brendidan noqonuniy ravishda foydalanishga chek qo‘yildi, deyiladi qo‘mita rasmiy saytida.
Ushbu brend (Korzinka, Korzinka.uz, Корзинка) Anglesey food sho‘ba korxonasi tomonidan Intellektual mulk agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va uning intellektual mulk obyekti hisoblanadi. Huquq egasi Davlat raqobat qo‘mitasiga uning brendi ruxsatsiz qo‘llanilayotgani haqida ma’lum qildi.
O‘rganib chiqish jarayonida Qo‘qonda va Namanganda Korzinka brendiga nisbatan intellektual mulk huquqini buzish holatlari aniqlandi. Davlat raqobat qo‘mitasi aralashuvidan so‘ng, brenddan noqonuniy tarzda foydalanish bilan bog‘liq holatlarning barchasiga chek qo‘yildi.
Izoh (0)