Yaman poytaxti Sano shahrida joylashgan xalqaro aeroport maxsus ogohlantirishga qadar yopildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aeroport faoliyatining to‘xtatilishiga Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harbiy-havo kuchlari amalga oshirayotgan keng ko‘lamli aviazarbalar sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Zarbalar aeroportga yaqin joylashgan shahar kvartallariga berildi.
Yaman poytaxti ayni paytda isyonchi xusiylarning “Ansorulloh” harakati qo‘lida turibdi.
Eng jiddiy talafot an-Nahda tumaniga yetkazildi. U yerda shahardagi eng yirik oziq-ovqat mahsulotlari zavodi joylashgan. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, zavodning 14 ishchisi halok bo‘lgan, o‘nlab ishchilar jarohatlangan.
Izoh (0)