Shvetsiya janubidagi Malmyo shahri politsiyasi so‘nggi haftalarda avtomobillarning yondirib ketilish holatlari o‘sib borayotganini qayd etdi. 8-avgust kuni kechasi Malmyoda oltita mashina, shulardan 4 tasi muhojirlar yig‘ilgan Rusengord tumanida yondirib ketildi. Bu haqda SVT telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Huquq-tartibot xodimlari jinoyatni sodir etgan tartibbuzarlar haqida hech qanday ma’lumotga ega emas.
7-avgustga o‘tar kechasi Rusengord tumanining Xordsveg ko‘chasida beshta avtomobil, shu jumladan, ko‘p xonali uyda janjal chiqqani haqidagi yolg‘on chaqiriqqa yetib kelgan patrul mashinasi ham yonib ketdi. Huquq-tartibot xodimlari tartibbuzarlikda gumon qilinayotgan 17 yoshli o‘smirni qidirmoqda.
“Syudsvenskan” gazetasining hisob-kitobiga ko‘ra, so‘nggi ikki haftada Rusengord tumanida 30 mashina yonib ketdi.
Izoh (0)