Buryatiyaning “Kyaxta” avtomobillarni ko‘p tomonlama o‘tkazish punkti bojxona posti xodimlari Mo‘g‘ulistondan kelayotgan Rossiya fuqarosidan 2,45 kilogramm vazndagi dinozavrning ikki toshqotgan suyagini musodara qildi. Bu haqda Sibir bojxona boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi “Interfaks”.
“Erkakning tushuntirishicha, toshqotgan suyaklarni u Kimchin darasidan topgan va esdalik tariqasida o‘zi bilan olgan. Bunday buyumni chegaradan olib o‘tishga nisbatan cheklov mavjudligi va u yozma deklaratsiyada ko‘rsatilishi kerakligidan esa xabardor bo‘lmagan”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Ekspertlarning aniqlashicha, toshqotgan parchalar o‘zining morfologik belgilariga ko‘ra, dinozavr skeletining qismlari bo‘lib, birinchi qism dinozavr son suyagining yuqori qismi, ikkinchi bo‘lak esa dinozavr tos suyagining kuragi bo‘lgan.
Rossiyalikka qarshi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)