2015-yilning 10-dekabrida Maurisio Makri Argentina prezidenti etib saylanganidan so‘ng hozirgi kungacha mamlakatda 194,4 mingdan ortiq kishi ishsiz qoldi. Ushbu ma’lumotlarni Argentina siyosiy iqtisodiyot markazi taqdim qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, eng ko‘p ishdan bo‘shatishlar – 127 ming kishi xususiy sektorda qayd etildi. So‘nggi oyda xususiy sektorda ishdan bo‘shatishlar 12,53% foizga oshdi. Davlat sektorida ushbu ko‘rsatkich 1,49 foizga oshgan.
Avvalroq Argentina hukumati 10 ming davlat xizmatchisi bilan shartnomani bekor qilganini tasdiqlagandi. Ishdan bo‘shatilganlarning qariyb yarmi Makrining inauguratsiyadan so‘ng hech qanday vazifa bajarmagan va biror marta ham ish joyiga kelmagan.
May oyida argentinalik ishbilarmonlarning mamlakat rahbari bilan xodimlarni 90 kun ichida ishdash bo‘shatmaslikka kelishilganiga qaramay, ishsizlik soni ko‘payib bormoqda.
Izoh (0)