O‘zbekiston hududida 8-avgust, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:50 da magnitudasi 4,2 ga teng zilzila yuz berdi. Bu haqda “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 207 kilometr, Jizzax shahridan esa 22 kilometr janubi-g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan.
Seysmostansiyadan ma’lum qilishlaricha, Jizzax shahrida 3 ballik yerosti silkinishlari sezilgan. Yevropa-O‘rtayer seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila oqibatida yuz bergan vayronagarchiliklar, tan jarohati olib, jabrlanganlar haqida haqida rasmiy ma’lumotlar hozircha yo‘q.