Yugurish dissiplinalari bo‘yicha yamaykalik chempion Useyn Bolt Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida qatnashmaganini yalqovlik bilan tushuntirdi. Bu haqda, The Telegraph nashriga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
“Bizning jamoamiz ochilish marosimida stadiondan o‘tdi shekilli. Lekin men o‘sha kuni haddan ziyod erinayotgandim. Hech qanday ortiqcha harakat qilgim kelmadi”, — dedi Bolt.
Muqaddam Twitter foydalanuvchilari Boltning paradda ishtirok etmaganiga e’tibor qaratgan edi.
Olimpiadada Useyn Bolt uch dissiplina bo‘yicha bahslarda ishtirok etadi: 100, 200 metrga yugurish hamda 4x100 metrlik estafeta.
Izoh (0)