Eron oliy sudi AQShdan qaytib kelgan yadrochi olim Shahrom Amiriy “Islom Respublikasi dushmanlari” foydasiga ayg‘oqchilikda ayblanib qatl qilinganini tasdiqladi. Bu haqda, ISNA agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“U birinchi instansiya sudi tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilindi, hukm Oliy sud tomonidan tasdiqlandi”, — dedi sud vakili.
Ilgariroq olimning qatli haqida uning onasi ma’lum qilgan edi.
39 yoshli tadqiqotchi 2009-yili Makkada, haj payti yo‘qolib qolgandi. Ayrim manbalarga ko‘ra, Amiriy AQShda yashiringan va Qo‘shma Shtatlarga muhim ma’lumotlar yetkazgan. Boshqa manbalarga ko‘ra, uni saudiyaliklar va amerikaliklar o‘g‘irlab ketgan. 2010-yili Amiriy Pokistonning AQShdagi elchixonasi yordamida Eronga qaytishga muvaffaq bo‘lgandi.
Vatanida yadrochi olim avvaliga qahramon sifatida qutib olindi. Biroq keyinchalik Eronga dushman davlat foydasiga josuslikda ayblanib, hibsga olindi va 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Izoh (0)