Qayiqda suzishni xush ko‘ruvchi erkak Avstraliyaning markaziy qismidagi Kvinslend shtatida joylashgan Taunshend orolida uch kunni o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Bunga uni timsoh ta’qib etgani sabab bo‘ldi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Timsoh qayiqning yon qismiga tishlarini sanchib olgani uchun eshkakchi sudralib yuruvchidan qutulish uchun bor kuchini sarflashga majbur bo‘ldi. Shu tariqa u uch kilometr masofani bosib o‘tdi.
Biroq ob-havo sharoitlari yomonlashib, erkak orolni tezda tark eta olmadi. 6-avgust, shanba tongida uning zaxiradagi oziq-ovqatlari tugadi, biroq sayohatchi signal raketasi yordamida qutqaruvchilar e’tiborini tortishga erishdi. Uni Taunshend orolidan vertolyotda chiqarib ketishdi.
Izoh (0)