Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni iste’foga chiqarish talab qilingan petitsiya birinchi kundayoq 100 mingdan ortiq imzo to‘pladi. “Change.org” saytiga joylashtirilgan petitsiya haqida “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Baliq boshidan ayniydi, balki vazirliklar faoliyatining ‘samaradorligi’ shundandir?!” — deyiladi petitsiyada. Petitsiya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yetkazilishi ta’kidlanmoqda.
Avvalroq mazkur petitsiyaning paydo bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan edi. 4-avgust kuni 11:53 da uni bor-yo‘g‘i 400 kishi imzolagan edi.
Izoh (0)