AQShning RC-135V strategik razvedkachi samolyoti 5-avgust kuni yana bir bora Rossiyaning Boltiqbo‘yidagi havo chegaralariga yaqinlashdi. Bu haqda, aviatsiya harakatini kuzatuvchi saytlarning ma’lumotlariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 64-14844 bort raqamiga ega samolyot Buyuk Britaniyadagi “Mildenxoll” aviabazasidan uchib chiqib, Boltiq dengizi tarafidan Kaliningrad viloyati chegaralariga yaqinlashgan.
Oxirgi paytlarda AQSh harbiy-havo kuchlari Uzoq Sharq va Boltiq mintaqasida Rossiya chegaralariga yaqin hududda razvedka parvozlarini ko‘plab amalga oshirmoqda. Oxirgi uch oy mobaynida RC-135 samolyotlari Kaliningrad viloyati sarhadlariga 40 marta yaqinlashgani ma’lum.
Izoh (0)