4—5-avgust kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Dram Tao yapon barabanchilari guruhining “Baraban yuragi” deb nomlangan konserti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Konsert O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi ko‘magida Yaponiya elchixonasi va Yapon jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilmoqda.
Elchixona matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Dram Tao — baraban ovozi, raqs va jang san’ati elementlarini o‘z ichiga olgan olamshumul shou. Tao dunyoning 23 dan ortiq mamlakatida konsertlari bilan chiqish qilgan, ularning chiqishlarini yetti milliondan ortiq tomoshabin tomosha qilgan.
Shouga kirish tekin, biroq qat’iy taklifnoma va chiptalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Chiptalarni qo‘lga kiritish uchun Yaponiya elchixonasiga murojaat qilish zarur (120-80-60/61/62/63).
Konsert 4-avgust kuni 17:30 da, 5-avgust kuni esa 18:00 da boshlanadi.
Izoh (0)