Xonanda Lola uzun sochlari bilan xayrlashdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz” uning Instagram’dagi sahifasiga tayanib.
“Aytishlaricha, hayotini o‘zgartirishni istagan inson bu ishni soch turmagidan boshlashi kerak ekan. Buni siz ham o‘zingizda sinab ko‘ring! Hech narsadan, hech qachon qo‘rqmang. O‘zgarishlar har doim yaxshilikka bo‘ladi. Hayotni yanada jur’atliroq yashab o‘tishga ikkinchi imkon bo‘lmaydi, axir. O‘ylanib qoldingizmi? Amalga oshiring! Men sizga ishonaman!” — deb yozdi xonandi yangi imijdagi surati tagiga.
Avvalroq Lola Instagram’dagi sahifasida barchani kechirimli bo‘lishga chaqirgan edi.
Izoh (0)