Samsung kompaniyasi 2-avgust kuniga rejalashtirilgan yangi Samsung Galaxy Note 7 fabletining anonsini uyushtirishga ulgarmasidan taniqli insayder Stiv Xemmerstof smartfonning va qutisining sifatli “jonli” suratlarini tarmoqqa chiqarib yubordi. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
Qutida smartfon 64 bitli, 8 yadroli chipset asosiga qurilgani, LTE-A Cat. 12 modemiga egaligi aytiladi. Uning ichki xotirasi 4 Gb ni tashkil etadi, ekran — 5,7 dyuym, kameralar — 12 va 5 Mp. Korpus suv va changdan himoyalangan.
Shu tariqa, Samsung Galaxy Note 7 ning texnik tavsifi quyidagicha:
Chipset: Qualcomm Snapdragon 821 yoki Samsung Exynos 8893 (modifikatsiyasiga qarab)
Operativ xotira: 4 Gb
Ekran: 5,7 dyuym, Super AMOLED, 2560 x 1440 nuqta, ikki tomonlama qabariq
Port USB-C: mavjud
Asosiy kamera: 12 Mp, Dual Pixel, qo‘shdiodli vspishka
Frontal kamera: 5 Mp
Kommunikatsiyalar: 2G, 3G, LTE-A Cat. 12, GPS, A-GPS
Akkumulyator: 3500 mA/soat
Ranglar: kumushrang, qora, havo rang, tilla
O‘lchov: 153,5 x 73,9 x 7,9 mm
Massa: 168 g
Dasturiy ta’minot: Android 6.0 New Grace UX interfeysida
Izoh (0)