Pokistonning janubi-sharqiy qismida avtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 20 nafardan ortig‘i jarohat oldi. Bu haqda Dawn nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jabrlanganlar orasida ayollar va bolalar bor. Qurbonlar soni oshishi mumkinligi qayd etilmoqda.O‘tgan hafta Pokiston shimoli-g‘arbida to‘y mehmonlarini olib ketayotgan avtobus suv oqimiga tushib qolib, yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida 21 kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)