O‘zbekistonda Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan chop etiladigan ish faolligi indeksi iyun oyida 1049 puntkni tashkil etib, may ko‘rsatkichlariga nisbatan 4,9 foizga oshdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘zgara boshlagan 2015-yil yanvaridan buyon indeks 31 foizlik o‘sish namoyon etib, 1311 punktga yetdi.
Iyunda ish faolligining ortishi indeksning uch komponentidagi o‘sish bilan bog‘liq:
- tovar-xom ayosh birjasida xom ashyo xaridi jadalligining 13,2 foizga oshishi;
- amaldagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar komponentining 1,5 foizga yaxshilanishi;
- biznesning savdo belgilariga egalik huquqini himoya qilish va undan foydalanish faolligining 3,3 foizga ortishi.
Ish faolligi indeksi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishning qaysi bosqichida ekanligini tezkor tarzda aniqlash maqsadida 2014-yilda ishlab chiqilgan.
Izoh (0)