Armaniston huquq-tartibot organlari “Sasna srer” qurolli guruhi tomonidan 17-iyul kuni Yerevandagi politsiya patrul-posti polki binosi qo‘lga olinganidan so‘ng mamlakat bo‘ylab qurol-yarog‘ sotuvini taqiqladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Qurol-yarog‘ sotuvi nazorat ostida. Ma’lum bir turdagi qurollarning sotilishi taqiqlandi. Cheklovlar qo‘yilishi davom etmoqda”, – deya “Interfaks”ga ma’lum qildi huquq-tartibot organlaridagi manba.
Manbaning qayd etishicha, qurolni saqlashga huquqi bo‘lgan shaxslar hamda Ovchilar ittifoqi vakillari bilan tegishli ishlar olib borildi.
Politsiya patrul-posti polki binosini qo‘lga olib, Armaniston prezidenti Serj Sargsyan va mamlakat hukumati iste’fosini talab qilgan qurolli guruh 31-iyul kuni hukumatga taslim bo‘lgan edi.
Izoh (0)