AQShning elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla Motors kompaniyasi quyosh energiya tizimlarini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi SolarCity firmasini o‘ziga qo‘shib oladi. Shartnoma 2,6 milliard dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Tesla Motors xabarnomasida aytilishicha, firmani sotib olish bo‘yicha taklif bir oy muqaddam kiritilgan. Yaqinda shartnoma imzolanishi aytilmoqda.
Hamkorlikdagi faoliyatning birinchi yilida xarajatlar sinergiyasi 150 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Tesla Motors 190 savdo nuqtalaridan foydalangan holda iste’molchilarga quyosh tizimlarini o‘rnatib berish xarajatlari va tariflarini tushirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)