Rossiya boks terma jamoas Rio-de-Janeyro Olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritishni rejalashtirgan, deb xabar berdi “Olamsport”.
Bu borada manba Rossiya boks terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Lebzyakning intervyusiga tayangan. Murabbiy qaysi shogirdidan oltin, yana qaysi biridan kumush medalni umid qilayotganiga oydinlik kiritmagan.
“Nafaqat o‘zimiz, balki Rioga tashrif buyura olmagan sportchilar uchun ham kurashishimiz kerak. Braziliyaga uni tomosha qilish uchun kelmadik. Aniq maqsadimiz — 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqish”, — deb ta’kidlagan Aleksandr Lebzyak.
Intervyu davomida murabbiy Qozog‘iston va O‘zbekiston bokschilariga yuqori baho berayotgani aytilgan bo‘lib, “Olamsport” ma’lumotni “Rossiyalik murabbiy o‘zbek va qozoq bokschilaridan xavfsiramoqda” sarlavhasi bilan bergan.
O‘zbekiston boks terma jamoasi safida 11 nafar charm qo‘lqop ustasi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida ishtirok etadi. Shulardan 1 nafari qiz bokschi.
Izoh (0)