Xitoy janubiy sohillariga “Nida” to‘fonining yaqinlashib kelayotganligi munosabati bilan Xunan, Guandun, Guychjou va Yunnan viloyatlari hamda Guansi-Chjuan avtonom tumanida favqulodda vaziyatga yuqori shaylik holati e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy ma’muriyatga to‘fonning harakatini kuzatib borish va vaziyatning o‘zgarishi haqida aholini o‘z vaqtida xabardor etish vazifasi yuklatilgan.
O‘z navbatida, Tabiiy ofatlarga qarshi kurash davlat boshqarmasi xavf ostida bo‘lgan hududlar aholisini to‘fon o‘tayotgan vaqtda uylarini tark etmaslik uchun bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatga barcha zarur narsalar zaxirasini tayyorlab qo‘yishga chaqirdi.
To‘fon Guandun provinsiyasiga 2-avgust, seshanba kuni yopirilishi kutilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, to‘fon bo‘ladigan hududda shamolning tezligi soniyasiga 38—45 metrgacha yetishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)