Rossiya tergov qo‘mitasining Penza viloyat boshqarmasi AS-4 planerining qulashi oqibatida uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
65 yoshli uchuvchining tanasi topilishi munosabati bilan Bessenovsk tumanlararo tergov bo‘limi tergov oldi tekshiruvini boshlab yubordi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, halok bo‘lgan kishi xizmat ko‘rsatgan sinovchi-uchuvchi bo‘lib, bir qator davlat mukofotlariga ega bo‘lgan. Samolyot aerodromdan uchib chiqib, 800 metr balandlikka ko‘tarilganidan so‘ng qulagan.
Halok sabablari o‘rnatilmoqda.
Izoh (0)