Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li “Barselona” vingeri Lamin Yamalni otasi bilan taqqoslab ko‘rdi. Bu haqda Barca Universal nashri xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri bergan savolga u quyidagicha javob berdi:
Lamin hozirda Krishtianudan kuchlimi? Ha, Yamal yaxshi futbolchi. Lekin u hali otam kabi sovrinlar yutmagan, — deydi Ronaldu o‘g‘li.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning o‘g‘li ayni vaqtda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi yoshlar akademiyasida harakat qilmoqda. Qizig‘i shundaki, yaqinda 18 yoshga to‘lgan Yamal undan atigi 3 yosh katta.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu iyun oyi oxirida “An-Nassr” bilan 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzo chekkan edi.
Lamin Yamal esa o‘tgan mavsum “Barselona” safida La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogini yutdi. Shuningdek, u Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini ham qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)