Shimoliy Qozog‘istonning Tayinshinskiy tumanidagi Zelyoniy Gay qishlog‘i yaqinidan mamont qoldiqlari topildi. Bu haqda Tarixiy o‘lkashunoslik muzeyi ilmiy xodimi Anna Melnichenko ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Tarixiy hayvonning suyaklari — 80 santimetrga yaqin uzunlikdagi tish va qo‘l-oyoq suyaklari qismlarini tadqiq etish uchun muzey mutaxassislarining bir guruhi topilmalar aniqlangan joyga chiqdi.
Biroq, tarixchining so‘zlariga qaraganda, mutaxassislar suyaklarning yomon saqlanganligi tufayli topilmani Petropavlovskka yetkaza olmadi.
“Biz ularni yetkaza olmasdik, ular yo‘lda sochilib ketgan bo‘lardi”, — dedi Melnichenko.
Uning so‘zlariga qaraganda, viloyat tarixiy o‘lkashunoslik muzeyi paleontologik kolleksiyasida 500 ga yaqin eksponat, jumladan, mamont skeletining bosh suyagidan tashqari deyarli barcha qismlari to‘plangan.
Izoh (0)