Ishlab chiqarilishi ustida 15 yildan buyon ish olib borilayotgan ko‘p maqsadli beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyoti keyingi hafta jangovar qo‘llash uchun tayyor ekanligi e’lon qilinishi mumkin. Bu haqda 29-iyul, juma kuni podpolkovnik Stiven Anderson ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz hamma bosqichlardan o‘tdik va barcha ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun Harbiy-havo kuchlari jangovar operatsiyalar qo‘mondonligi rahbari general Gerbert Karlaylga taqdim etdik”, — dedi Anderson.
Karlayl esa jurnalistlarga intervyusida F-35 ni to‘liq jangovar mashina deb tan olish haqida e’lon 1-avgustdan so‘ng amalga oshirilishi mumkinligini ma’lum qildi. U IShIDga qarshi operatsiyalarda qo‘llanishi mumkin.
Ushbu dastur uchun budjetdan 400 milliard dollar sarflangan. Bu dastlab rejalashtirilgan xarajatlar miqdoridan ancha ko‘pdir.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)