Birlashgan Millatlar Tashkiloti chaqalog‘ini ko‘kragi bilan oziqlantirayotgan onalarning avtoportretlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda, Reuters ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
BMTning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan trend omma oldida bolani emizish bilan bog‘liq har qanday bir qolipdagi fikrlashga qarshi kurashishda yaxshi usul hisoblanadi.
Bundan tashqari, tashkilotning ta’kidlashicha, bu kabi selfilar ona sutining muhimligi haqidagi ma’lumotni tarqatishga yordam beradi.
Ona suti bilan oziqlantirish butunjahon haftaligi 1-avgust kuni boshlanadi.
Izoh (0)