Armaniston poytaxti Yerevandagi politsiya patrul-post xizmati polkini qo‘lga olgan “Sasna srer” qurolli guruhining ikki a’zosiga nisbatan ayblovlar o‘qib eshittirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Advokat Lusine Saakyanning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, 27-iyulga o‘tar kechasi taslim bo‘lgan Gagik Yegiazaryan va Aram Akopyan noqonuniy qurol saqlash va binolarni garovga olish ayblovlari bilan hibsga olindi.
Bu ayblovlar bo‘yicha ular 3–12 yilga qamalishi mumkin.
Javobgarlar aybini tan olmayapti.
Izoh (0)