Qirg‘izistonda oxirgi to‘rt kuni davomida qariyb 126 tonna yovvoyi nasha o‘simligi yo‘q qilindi. Bu haqda, respublika IIV matbuot xizmatiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“To‘rt kun ichida ‘Qara-quuray’ (‘Nasha’) tezkor-profilaktika tadbiri doirasida ichki ishlar xodimlari 125 tonna 985 kilogramm yovvoyi nashani yo‘q qildi”, — ma’lum qildi matbuot xizmati vakili.
Uning so‘zlariga qaraganda, tadbirda taxminan ming kishi ishtirok etdi. Jalolobod viloyatining tumanlaridan birida nasha o‘sayotgan maydon kattaligi bois qishloq xo‘jaligi texnikasini jalb qilishga to‘g‘ri keldi.
Uchastka nozirlari yovvoyi nashani yo‘q qilish zarurligi yuzasidan mahalliy aholi bilan tushuntirish ishlarini olib bordi.
Operatsiya doirasida noqonuniy narkotik savdosi bilan bog‘liq 26 jinoyat fosh etildi. 232 kilogramm narkotik musodara etildi.
Izoh (0)