Ukrainaning Sumi viloyatida joylashgan Davlat ilmiy-tadqiqot instituti tajriba o‘tkazish stansiyasi hududida o‘q-dorilarning portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohat oldi. Bu haqda Markaziy hudud prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Portlash 28-iyul, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan 16:30 da sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘q qilinishi uchun olib kelingan o‘q-dorilar mashinadan tushirilayotgan vaqtda portlagan.
Voqea joyiga Sumi viloyati huquq-tartibot xodimlari, shuningdek, viloyatning harbiy prokuratura organlari ham yetib borgan.
Izoh (0)